Odil Ahmedov farzandli bo`lgani ma`lum bo`lgach “Krasnodar” safida gol urdi

07:49, 17 iyul

Kuni kecha O`zbekiston terma jamoasi hamda Rossiyaning “Krasnodar” jamoasi hujumchisi Odil Ahmedov qiz farzandli bo`lgani haqida xabar bergandik.

Shu kunning o`zida Odil Ahmedov “Krasnodar” safida o`rtoqlik o`yinida maydonga tushdi. Italiyaning “Udineze” klubiga qarshi kechgan o`yinda Ahmedov goli orqali jamoasini mag`lubiyatdan saqladi.

Uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi. Odil Ahmedov o`z golini dunyoga yangi kelgan farzandi uchun bag`ishlagan bo`lsa, ajab emas. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!