Turkiyada hamon keskin vaziyat hukm surmoqda

10:06, 18 iyul

Istanbulda yana favqulodda vaziyat e`lon qilindi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri. 

Polisiyaga shahar tepasida paydo bo`lgan har qanday vertolyotni urib tushirish buyrug`i berilgan. Vaziyatni nazorat qilish uchun maxsus xizmatning ikki ming askari tashlangan. Ko`chada patrullar kuchaytirilgan tartibda xizmat olib bormoqda. Bir necha tumanlarda yashirinishga muvaffaq bo`lgan isyonchilar bilan hukumat qo`shinlari o`rtasida otishma bo`lgan.  

Prezident Rajab Toyib Erdo`g`an bir necha kun ilgari dam olish uchun Marmaris shahriga uchgan samolyotda Anqaraga uchgan. Fitnachilar uni ushlab olishiga bir bahya qoldi. Erdo`g`an bir necha daqiqa oldin chiqib ketgan mehmonxonaga fitnachilar bostirib kirgan.

Butun Turkiya bo`ylab, isyonda gumon qilingan odamlar qamoqqa olinmoqda, Injirlik bazasi qo`mondoni ham qo`lga olingan. AQSh OAVlarining axborot berishicha, u Amerikadan boshpana so`ragan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!