“Sog`lom ona va bola yili” Davlat dasturi doirasida 4,4 trln so`m va 111 mln dollar mablag` sarflandi

10:54, 18 iyul

2016 yil 15 iyulda Vazirlar Mahkamasining majlisi bo`lib o`tdi. Majlisda joriy yilning birinchi yarim yilligida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari muhokama qilindi, deya xabar beradi O`zA. 

“Sog`lom ona va bola yili” Davlat dasturi doirasida onalik va bolalikni muhofaza qilish, sog`lom va har tomonlama kamol topgan avlodni tarbiyalash tizimini yanada mustahkamlash bo`yicha keng ko`lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ularni moliyalashtirishga barcha manbalar hisobiga 4,4 trillion so`mdan ko`p va 111 million dollar miqdorida mablag`lar yo`naltirilgani ta`kidlandi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!