Qarshi–Buxoro trassasidagi ko`prikning bir qismi quladi

11:06, 18 iyul

Ko`prik Amu-Buxoro kanali ustidan o`tgan bo`lib, Qorovulbozor-Buxoro yo`nalishida joylashgan.

16 iyul, shanba kuni kechqurun foydalanuvchilar ijtimoiy tarmoqlarga Qorovulbozor - Buxoro yo`nalishida joylashgan ko`prikning qulagani aks etgan suratlarni joylashtirishdi. "O`zavtoyo`l" davlat aksiyadorlik kompaniyasi UZ24ga xabar qilishicha, A380 "G`uzor-Buxoro-Nukus-Beynov" avtoyo`lining 185-kilometridagi ko`prikning bir qismi qulagan.

Ma`lum bo`lishicha, ko`prikning besh tiragichi oraliqlaridan biri tushib ketgan, buning oqibatida 1961 yilda qurilgan inshootning to`sinlari qulagan. Jabrlanganlar haqida ma`lumot yo`q.

Engil avtomashinalar ko`prik ustidan harakatlanishda davom etadi, yuk mashinalari esa 25 kilometr ortiqcha yo`l bosib ko`prikni aylanib o`tadi. Ta`mirlash ishlari tez orada yakunlanadi.

Xalqaro ahamiyatga molik A380 avtoyo`li Qashqadaryo, Buxoro viloyatlari va Qoraqalpog`istondan o`tib, Qozog`iston hududida yakunlanadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!