O`zbekiston milliy terma jamoasi “Borussiya Dortmund” U-23 bilan durang o`ynadi

13:50, 18 iyul 2016

2018 yil Rossiyada bo`lib o`tadigan Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichiga tayyorgarlik ko`rayotgan O`zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi o`quv-mashg`ulotlarini Avstriyada o`tkazmoqda.

O`FF matbuot xzmatining ma`lum qilishicha, ushbu o`quv-mashg`ulot yig`ini doirasida Samvel Babayan boshchiligidagi jamoa “Borussiya Dortmund” klubining 23 yoshgacha bo`lgan futbolchichlaridan tashkil topgan jamoasiga qarshi o`rtoqlik uchrashuvida maydonga tushib, durang natija qayd etdi.

17 iyul kuni bo`lib o`tgan o`yinda O`zbekiston milliy terma jamoasi kiritgan yagona golga Eldor Shomurodov mualliflik qildi. Germaniyaliklar ham bir bora Nesterov qo`riqlagan darvozani ishg`ol qildi. Hisob 1:1 bo`lib turgan bir vaqtda, Jamshid Iskanderov 11 metrlik jarima to`pini golga aylantira olmadi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston milliy terma jamoasining Avstriyadagi yig`ini 6 iyul kuni boshlangan va 21 iyulga qadar davom etadi.

O`rtoqlik uchrashuvi

17.07.2016 — Avstriya

O`zbekiston – “Borussiya Dortmund” U-23 1:1

O`zbekiston: Ignatiy Nesterov (Eldor Suyunov), Stanislav Andreev (Aleksandr Merzlyakov), Azim Ahmedov, Kamoliddin Tojiev (Ruslan Melzitdinov), Davron Xoshimov (Akmal Shorahmedov), Salamat Qutiboev (Javohir Sohibov), Otabek Shukurov, Jasur Hasanov (Akrom Komilov), Marat Bikmaev (Sherzod Karimov), Jamshid Iskanderov (Doston Hamdamov), Eldor Shomurodov (Murodbek Bobojonov)

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!