Otabek Muhammadzohiddan quvnoq voqealarga asoslangan video

15:32, 18 iyul

Yaqin kunlarda Otabek Muhammadzohid “Go`zalimsan” nomli sho`x qo`shig`iga  ijodiy jamoasi bilan birgalikda qiziqarli voqealarga asoslangan videoklip tayyorladi.

Yoz mavsumining ayni jazirama kunlarida ko`plab san`at vakillari turli davlatlarda madaniy hordiq  chiqarishmoqda. Xonanda Otabek Muhammadzohid qizg`in ijod jarayonida. 

San`atkor yozning boshidan buyon ikkinchi videoklipni ijodiy hamkori klipmeyker Sherzod Rizoga suratga oldirdi. Otabek Muhammadzohidning bu galgi videoklipi uchun “Go`zalimsan” nomli tarona tanlandi. Barchani raqsga chorlovchi ushbu qo`shiq she`ri shoir Nodir Azimovga, musiqasi esa bastakor  Ilxom Mamatovga tegishli. Klip Farg`ona shahrining markaziy ko`chalarida tasvirga olingan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!