Almatida terror tahdidining eng yuqori – “qirmizi” darajasi e`lon qilindi.

17:02, 18 iyul

Almatidagi “Qo`lga olish” maxsus operasiyasi chog`ida bir nafar terrorchini qo`lga olindi, yana biriga nisbatan qidiruv e`lon qilindi. Bu haqda shahar ichki ishlar departamenti matbuot xizmati xabar berdi

Oldinroq Almatidagi otishmada 2 nafar polisiyachi halok bo`lgani va 7 nafar polisiyachi jarohatlangani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o`tamiz, noma`lum shaxslar Qozog`iston Milliy xavfsizlik qo`mitasi Almati shahar departamenti va shaharning Almali tumani polisiya departamenti binolariga hujum uyushtirdi. 

Ayni damda Almatida terror tahdidining eng yuqori – “qirmizi” darajasi e`lon qilindi, deb yozadi “TASS” nashri.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!