Ronaldu: Maydonga qaytgach – yanada kuchli bo`laman

08:40, 19 iyul

“Real” klubi va Portugaliya terma jamoasi forvardi Krishtianu Ronaldu Evro–2016 finalida olgan jarohati hamda maydonga qaytishi haqida fikr bildirdi. 

“Hammaga salom! Meni qo`llab-quvvatlayotgan muxlislardan minnatdorman va maydonga qaytganimda yanada kuchli bo`lishimni aytmoqchiman. Barchangizga tashakkur!” – deb videomurojaat qoldirdi Ronaldu o`zining “Instagram” sahifasiga.

Eslatib o`tamiz, Ronaldu jarohati sabab UEFA Superkubogi hamda Ispaniya chempionatining ilk  o`tkazib yuboradi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!