Muxlis: “Er bermoq jon bermoq 2” omadli chiqmaydi

11:05, 19 iyul

Rejissyor Rustam Sa`dievning folloveri tomonidan yozib qoldirilgan fikr aynan mana shunday bo`ldi. Shu kunlarda Rustam Sa`diev “Er bermoq jon bermoq 2 ONLAYN” filmi ustida ish olib borayotgani haqida xabar berilgandi.

Mazkur filmdagi bosh qahramon obrazini ilk filmdagi kabi aktyor Ulug`bek Qodirov emas Adiz Rajabov ijro etadi. 

Filmning suratga olish jarayonini fotolar orqali kuzatayotgan muxlislar bosh rolda Ulug`bek Qodirov emasligiga norozilik bildirishmoqda. Ular ikkinchi filmda Ulug`bek Qodirov rol ijro etmasa film muvaffaqiyatli chiqmasligini aytishmoqda. Tomoshabin ushbu rolni Ulug`bekdan boshqa aktyor ijro eta olmaydi degan fikrda.

Har nima bo`lganda ham haqqoniy bahoni faqat film tayyor bo`lgach uni tomosha qilgandan so`ng berish mumkin. Ungacha esa kuzatamiz!

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!