“Real” hujumchisi Karim Benzemaga hujum qilishdi (foto)

11:35, 19 iyul

Madridning “Real” jamoasi Shimoliy Amerika bo`ylab mavsumoldi turneni amalga oshiradi. Shu munosabat bilan klub a`zolari Kanadaning Monreal shahriga etib keldi.

Isport.ua nashrining xabar berishicha, Monreal shahridagi mehmonxona oldida “Real” futbolchilarini ko`plab muxlislar kutib oldi. Kutilmaganda ulardan biri jamoa hujumchisi Karim Benzemaga hujum qildi.

Voqea joyida bo`lgan huquq-tartibot vakillari vaziyatni tezda bartaraf qilib, muxlisni futbolchilar tortib olishdi. Benzema bu voqeadan biroz hayratda qoldi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!