Erkaklar ayollardan nima istaydi?

12:05, 19 iyul

Erkaklardan aslida ayollardan nima istashi haqida o`tkazilgan so`rovnoma natijalarini ko`rib, “lady.mail.ru” nashri sizni bu natijalar bilan tanishtirishga qaror qildi. Chunki ular lazzatli taomlar, dazmollangan kiyim-kechakdan ko`ra oddiygina insoniy munosabatlarni birinchi o`ringa qo`yishgan.  

Qo`llab-quvvatlashni bilish
Har bir inson umrining ma`lum bir davrida (moddiy, ma`naviy) qiyinchilikni boshdan kechiradi. Erkak kishi aynan shunday vaqtda rafiqasining qo`llab-quvvatlashiga muhtoj bo`ladi. Agar rafiqasi uning sharotini tushunib, qo`llab-quvvatlaydigan bo`lsa, u juda ko`p ishlarni amalga oshiradi. Kerak bo`lsa tog`ni tolqon qiladi.

Erkakdan ustun bo`lmaslik
Tazyiq o`tkazmagan holda, erkakda qaror chiqarish huquqini saqlab qolish lozim. Bu bilan erkakda mas`uliyat hissi oshadi.

Erkak bilan birga rivojlanish
Juftlik bir-biri bilan hamma tomonlama, shu jumladan bilim doirasi ham mos bo`lishi, gaplashish uchun mavzulari bo`lishi lozim. Inson xoh erkakdir, xoh ayoldir o`z ustida ishlashi, bilimini oshirib borishi kerak. 

Donolik
Oilaviy turmush davomida nizoli vaziyatlar yuzaga kelishi tabiiy holdir. Agar ayol dono bo`lsa, aytgan gaplari, qiliqlari erkakka og`ir botganini ko`rsa, uni kelgusi safar takrorlamaydi. Bundan tashqari, har doim janjal ko`tarilganda, erkakning og`riqli nuqtasiga teginmaydi. Ayollar erkaklarga qaraganda tez ulg`ayadi. Shuning uchun munosabatlarni me`yorida ushlab turish erkaklardan ko`ra, ayollarga osonroq. 40 yoshgacha bo`lgan davr erkaklar uchun eng og`ir davrdir, aynan shu vaqtda ayol donologi, ziyrakligi, uddaburonligi ular uchun juda zarurdir.

Ayollik nafosati
Ovqat pishirish, chiroyli ko`ylak, baland poshnali tufli kiyish, uzun sochli bo`lish, baland poshnali tuflida yurish ayollik nafosatini belgilamaydi. Uning nafaqat tashqi tomoni, balki ichki dunyosi ham go`zal bo`lishi lozim.

Faollik
Ayol har qanday sohada, har qanday ishda turmush o`rtog`i bilan hamkorlik qilishni bilishi lozim. Olam judayam keng, har kuni biror yangilik ro`y beradi. Ayol kishi to`rt devor ichida o`tiravermasdan, turmush o`rtog`ini biror erga taklif etsa, biror yangilik bilan tanishtirsa, erkakning ham ko`ngli ko`tariladi.

Erkakning qiziqishlarini bo`lishish
Erkak va ayol qiziqishlari bir-biriga mos kelmasa, bu juda qiyin masaladir. Kundalik mashg`ulotlar ichidan hech bo`lmasa, 2-3 tasi bir-biriga to`g`ri kelishi lozim. 

Erkakning yaqinlariga yoqishni bilish 
Ayol erkakning yaqinlariga yoqishi ham katta ahamiyatga ega. U atrofdagilarga yoqsa-yu, ammo turmush o`rtog`ining yaqinlariga yoqmasa, o`rtada erkak qiynaladi. Shuning uchun ayol bor mahoratini ishga solib, erining qarindoshlariga yoqishga harakat qilishi lozim.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!