Polshalik kelin-kuyov “chegarasi yo`q” to`y sayohatiga otlanishdi

15:45, 19 iyul

Polshalik kelin-kuyov Karolina va Bartek Vudnyaklar “chegarasi yo`q” to`y sayohatiga otlanishdi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri

To`y sayohati 2015 yilning noyabr oyida boshlangan. Shundan beri kelin-kuyovlar Panama, Kolumbiya, Peru, Boliviya, Chili, Ekvador, Argentinada bo`lishdi. 2016 yilning noyabr oyida Yangi Zellandiyaga yo`l olishadi. Bundan tashqari, ular  Avstraliya va Osiyo mamlakatlariga ham safar uyushtirishni rejalashtirishgan.

Kelin – jurnalist-frilanser , kuyov esa to`y sayohati tufayli ishini tashlagan. U to`y sayohatiga chiqish uchun bir necha yillar davomida pul yiqqan.

Kelin-kuyovlarning aytishicha, yaqinlarini, do`stlarini, vatanini juda sog`inishgan, ammo qachon uyga qaytishlarini hali o`zlari ham aniq bilishmaydi. “Balki 1 yildan keyin, balki 4-5 yildan keyin uyga qaytarmiz”, deydi kelin bo`lmish Karolina.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!