Kievda avtomobil portlashi oqibatida taniqli jurnalist halok bo`ldi

14:15, 20 iyul

Jurnalist Pavel Sheremet bugun Kievda avtomobil portlashi tufayli halok bo`ldi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.

Avtomobil Kievning Bogdan Xmelniskiy va Ivan Franko ko`chalari kesishmasidagi burchakda, erta tongda Sheremet boshlovchilik qiladigan “Radio Vesti”ni efirga uzatish uchun ketayotganda portlab ketdi.

Avtomashina “Ukrainskaya pravda” rahbari Alyona Pritulga tegishli bo`lgan. Uning o`zi mashina salonida bo`lmagan. Voqea joyida polisiya xodimlari ishlamoqda.

Sheremet — Rossiya, Ukraina va Belorussiya  telejurnalisti bo`lgan. Rossiyaning ORT, birinchi telekanalidagi maxsus axborot loyihalari bo`limini boshqargan. Oxirgi yillarda Kievda yashab, “Ukrainskaya pravda” nashri va “Vesti” radiosida ishlagan.

Ukraina polisiyasi  Sheremetning halok bo`lgani yuzasidan “Qasddan odam o`ldirish” moddasi bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!