O`zbekiston – Iroq o`rtoqlik o`yiniga chiptalar sotuvga chiqdi

16:16, 20 iyul

2018 yil Rossiyada bo`lib o`tadigan Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichiga tayyorgarlik ko`rayotgan O`zbekiston milliy terma jamoasining Iroq terma jamoasiga qarshi Toshkentda o`tkaziladigan uchrashuvi uchun chiptalar sotuvga chiqdi, deb xabar beradi O`FF matbuot xizmati. 

24 iyul kuni Toshkentagi “Bunyodkor” stadionida bo`lib o`tadigan o`yin uchun chiqarilgan chiptalar ikki xil toifada: SIP sektorlar uchun chchiqarilgan chiptalar 30 000 so`m qilib belgilangan bo`lsa, boshqa sektorlar uchun chiptalar narxi 15 ming so`mdan. Chiptalar “Bunyodkor” stadioni kassalarida 20 iyul, soat 10:00dan boshlab sotuvda.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston – Iroq uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi.

Shuni ham ta`kidlash kerakki, 21 iyul kuni soat 18:00da, “Jar” stadionida O`zbekiston U-23 – Iroq o`yini bo`lib o`tadi. Ushbu o`yinga kirish bepul.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!