O`zbekiston va Qozog`iston hamkorlikda avtomobil ishlab chiqarishi mumkin

16:32, 20 iyul

21 iyul kuni Qozog`istonning “SariarkaAvtoProm” kompaniyasining texnik mutaxassislaridan iborat delegasiya O`zbekistonda mehmon bo`ladi, deb yozmoqda khabar.kz sayti. Qozog`istonning O`zbekistondagi elchisi Erik Utemboev ikki davlat o`zaro hamkorlikda yangi avtorusum va butlovchi qismlar ishlab chiqarishi mumkinligini aytdi, deb yozadi Carzone nashri.

“SariarkaAvtoProm” kompaniyasi Toyota, Hyundai, SsangYong, Geely, JAC avtorusumlari va Iveco maxsus texnikasini ishlab chiqaradi.

Qozog`iston delegasiyasi “Samarqand avtomobil zavodi”, GM Uzbekistan, JV MAN Auto – Uzbekistan korxonalarida bo`ladi. Delegasiya tarkibidagi muhandislar nafaqat, umumiy mavzularni, balki hamkorlik loyihasi bo`yicha aniq masalalarni muhokama qilishadi.

Erik Utemboev asl maqsad “Qozog`iston yoki O`zbekistonda ishlab chiqariladigan avtomobillarni qayta ishlab chiqarish emas, ikkala mamlakat va boshqa davlat bozorlarida xaridorgir bo`lgan, hamkorlarning hech biri ishlab chiqarmaydigan rusumlarni topish” ekanligini qayd etdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!