Angliya terma jamoasini boshqaradigan murabbiy nomi ma`lum bo`ldi

08:58, 21 iyul

“Sanderlend” jamoasi bosh murabbiyi Sem Ellardays futbol bo`yicha Angliya terma jamoasini boshqarish uchun asosiy va yagona nomzodga aylandi. Bu haqda The Telegraph nashri ma`lum qilmoqda.

Londonning “Arsenal” klubi bosh murabbiyi Arsen Venger Angliya termasini boshqarishga rad javobini bergach, Angliya futbol assosiasiyasi Sem Ellardays nomzodida to`xtadi.

Ma`lum bo`lishicha, 61 yoshli mutaxassis Angliya futbol assosiasiyasi bilan 2 yillik shartnoma imzolaydi. Uning yillik maoshi 3,5 mln evroni tashkil qiladi.

Eslatib o`tamiz, Angliya terma jamoasining avvalgi bosh murabbiyi Roy Xojson Evro–2016 turnirida muvaffaqiyatsiz ishtirok etganidan so`ng iste`foga chiqqandi

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!