Yarim yilda O`zbekistonda 14,8 mingta oilaning nikohi bekor qilindi

10:29, 21 iyul

O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi mamlakatning demografik holati bo`yicha raqamlarni e`lon qildi.

Statistika qo`mitasi Axborot xizmatining xabar berishicha, joriy yilning 6 oyi davomida O`zbekistonda FHDYo organlari tomonidan 92,4 mingta nikoh qayd etilgan.

Nikohdan ajralishlar soni 14,8 mingtani tashkil qilgan. Respublika bo`yicha nikoh tuzish koeffisienti 5,9 promilleni, nikohdan ajralish koeffisienti esa 0,9 promilleni tashkil etdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!