Trampning rafiqasi uni Mishel Obamaning so`zlari bilan maqtadi

12:40, 21 iyul

AQSh prezidentligiga nomzodini qo`ygan Donald Trampning turmush o`rtog`i Melaniya Trampning Klivlenddagi Respublika partiyasining s`ezdidagi nutqi ayni damda OAVlarda qizg`in muhokama qilinmoqda. Bu haqda Klivlenddan Euronews muxbiri xabar beradi.

Melaniya Trampni plagiatda ayblashdi. Uning nutqi AQShning birinchi raqamli xonimi Mishel Obamaning 2008 yildagi nutqi bilan aynan o`xshashligi aytilmoqda.

Melaniya Tramp huddi Mishel Obama kabi turmush o`rtog`ini “mamlakati uchun kurashadigan, rahm-shafqatga to`la inson” deya ta`rifladi, shuningdek uning turmush o`rtog`i alohida guruhlarning emas aynan xalqning manfaatini himoya qilishini ta`kidladi.

“Taqdir hazili bilan Donald Trampning jamoasi Obamaning turmush o`rtog`ining nutqidan foydalandi. Ular ham Obama kabi yutib chiqish maqsadida shunday qilishgan bo`lsa ajab emas ”.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!