2016 yilning 6 oyida O`zbekistonga 72 ming kishi ko`chib keldi

14:34, 21 iyul

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida O`zbekistonga ko`chib kelganlar soni 72 ming kishini tashkil qildi.

Shu davrda ko`chib ketganlar soni esa 84,4 ming kishini tashkil etdi. Migrasiya saldosi minus 12,4 ming kishini tashkil etib, ushbu ko`rsatkich 2015 yilning mos davriga nisbatan 1 ming kishiga ko`paydi (2015 yilda minus 13,4 ming kishi bo`lgan).

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi tomonidan mamlakatning demografik holati bo`yicha e`lon qilingan hisobotda ma`lum qilindi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!