Darvozabon o`z darvozasiga qo`li bilan gol kiritdi (Video)

14:55, 21 iyul

Yangi mavsumga tayyorgarlik ko`rayotgan Angliyaning “Bornmut” jamoasi AQShning “Minnesota” klubiga qarshi o`rtoqlik o`yinini o`tkazdi. Mazkur uchrashuvda angliyalik futbolchilari 4:0 hiosbida zafar quchdi.

Ushbu o`yinda eng qiziq voqea 26 daqiqada ro`y berdi. “Minnesota” darvozaboni Semmi Njok qo`lida ushlab turgan to`pni sheriklariga oshirmoqchi bo`lib, buning o`rniga uni o`z darvozasiga yo`llab qo`ya qoldi.

Uning bu xatti-harakat jamoa muxlislarini ranjitgan bo`lsa, raqib o`yinchilarining kulgusiga sabab bo`ldi. Quyida ushbu golni tomosha qilishingiz mumkin. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!