Almatidagi teraktda halok bo`lgan polisiyachilarning oilalariga uy kaliti topshirildi

15:34, 21 iyul

Almatidagi anteterror operasiyani o`tkazish chog`ida vafot etgan polisiyachilar Maksat Salimbaev va Timur Begasilovning oila a`zolariga uylarning kaliti topshirildi. Bu haqda Almati viloyati ma`muriyati xabar berdi.

Avvalroq Qozog`iston hukumati halok bo`lganlarning oilasiga 15 mln tenge ($45 ming), jabrlanganlarga - 5 mln ($15 ming) topshirilishi xabar berilgandi.

Almati ichki ishlar departamenti halok bo`lgan va jabrlangan huquq tartibot organlari xodimlarining yaqinlarini qo`llab-quvvatlash maqsadida maxsus hisob raqam ochdi. Butun mamlakat polisiyachilari ushbu oilalarni qo`llab-quvvatlash maqsadida bir kunlik maoshlarini o`tkazib berishdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!