Pol Pogbaning sartaroshi uning “MYu”ga o`tishi haqida “gullab” qo`ydi (FOTO)

16:15, 21 iyul

Bir necha kundan buyon “Yuventus” jamoasi yarim himoyachisi Pol Pogba “Manchester Yunayted” safiga qaytishi haqida gap-so`zlar tarqalmoqda. Ba`zi narshlar tomonlar kelishuvga erishgani, ba`zilari esa muzokaralar bo`lmagani haqida aytmoqda.

101greatgoals.com portalining xabar berishicha, Pol Pogbaning sartaroshi uning “MYu”ga o`tayotgani haqida “gullab” qo`ygan. Sartarosh fransiyalik futbolchining sochini olayotgan suratini “Instaram” sahifasiga yuklab, “Pogbaning soch rangini yangi jamoasi uchun o`zgartirishga to`g`ri keldi” deb yozdi va ketidan #manchesterunited heshtegini qo`ydi.

Birozdan so`ng sartarosh ushbu suratni o`z sahifasidan o`chirib tashladi. 23 yoshli futbolchining kelgusi taqdiri yaqin kunlar ichida ma`lum bo`ladi.

Avvalroq turli OAVlarda Pogba 125 mln evro evaziga “Manchester Yunayted”ga o`tishi haqida xabar bergan edi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!