Nemislar yoqimtoyi “Borussiya Dortmund”ga qaytdi

17:09, 21 iyul

Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachi Mario Getsyoni yana o`z tarkibiga qaytardi. Bu haqda ESPN FC sport portali xabar bermoqda.

Dortmundliklar 2013 yili Getsyoni “Bavariya”ga sotib yuborgandi. Ammo u erda ko`nim topmagan va etarlicha o`yin amaliyotiga ega bo`lmagan 23 yoshli futbolchi sobiq jamoasiga qaytdi. Germaniyalik xavbek “Borussiya D” bilan 2020 yilga qadar mo`ljallangan shartnoma imzolaydi.

Gyotse tibbiy ko`rikdan o`tishi bilan rasman Dortmund klubi a`zosiga aylanadi. “Borussiya” nemislar yoqimtoyi uchun 23-26 million evro atrofida mablag` sarflagani ma`lum qilinmoqda. U endi yiliga 8 million evro maosh oladi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!