Joze Mourino sobiq jamoasi muxlisining iltimosini erda qoldirdi (Video)

08:19, 22 iyul

“Manchester Yunayted” jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino Xitoydagi yig`ini davomida klub muxlislari bilan uchrashdi va uchrashuv yakunida sobiq jamoasi muxlisining futbolkasiga imzo chekishni istamadi. Bu haqda Merto nashri xabar bermoqda.

51 yoshli mutaxassis “Chelsi” futbolkasiga imzo chekishni so`ragan muxlis iltimosini qoniqtirmadi. U faqatgina amaldagi jamoasining muxlislari futbolkasiga dastxat qo`ydi.

Eslatib o`tamiz, Joze Mourino 2004–2007 hamda 2013–2015 yillar davomida “Chelsi” bosh murabbiyi bo`lgan va klub bilan uch marta Angliya chempioni, uch marta Angliya Liga Kubogi va bir martadan Angliya Kubogi va Superkubogini qo`lga kiritgan.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!