Qozog`istonda otishma haqida mish-mish tarqatganlar qo`lga olindi

10:34, 22 iyul

Almati shahri polisiyasi 18 iyul kuni shaharda xavfsizlik xizmati xodimlariga nisbatan hujum qilingani, ro`y bergan otishma haqida yolg`on xabar va ma`lumotlar tarqatgan yigit va qizni qo`lga oldi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri. 

Almati ichki ishlar departamenti matbuot xizmatining xabar berishicha, 1995 yilda tug`ilgan talaba qiz “V Kontakte” ijtimoiy tarmog`ida “Siti Plyus” savdo markazini terrorchilar qo`lga olgani, qurbonlar va jabrlanganlar borligi haqida yolg`on xabar tarqatgan bo`lsa, 1993 yilda tug`ilgan nomi oshkor etilmagan yigit shaharning quyi qismida 100 nafar qurollangan shaxslar o`t ochgani haqidagi yolg`on ma`lumotni tarqatgan.  

Almati shahar polisiyasi vakili Saltanat Azirbek, Qozog`iston respublikasi Jinoyat Kodeksining yangi tahririda OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yolg`on xabar, ma`lumotlar tarqatgan shaxslar javobgarlikka tortilishi ko`zda tutilganini ta`kidladi.

“Shuni hisobga olgan holda, har bir fuqaro o`y-fikrlarini, mulohazalarini, xulosalarini ijtimoiy tarmoqqa joylashtirishdan oldin etti o`lchab, bir kesishi lozim. Yolg`on ma`lumotlar, mish-mishlar uchun tegishli jazo beriladi”, – dedi Saltanat Azirbek.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!