OTMlarga 663 mingdan ziyod abiturient hujjat topshirdi

10:54, 22 iyul

Qabul kvotasida belgilangan bir o`ringa 11,5 nomzod kurash olib boradi.

O`zbekiston oliy ta`lim muassasalariga 663,2 mingdan ziyodroq abiturient hujjat topshirdi. Qabul kampaniyasi 20 iyul kuni yakuniga etdi.

Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Davlat test markazi ma`lumotlariga ko`ra, bir talaba o`rni uchun 11,5 kishi kurash olib boradi. Bakalavrlar qabul kvotasi o`tgan yilgidan taxminan 300 o`rin kamroq bo`lib, 57,6 mingni tashkil etadi.

Eng ko`p Termiz davlat universiteti (37,6 ming ariza, bir o`ringa 20,45 nomzod), Qarshi davlat universiteti (26,3 ming, 18,88) va Andijon davlat universiteti (25,9 ming, 18,28)ga hujjat topshirildi, deya xabar beradi “Gazeta.uz” nashri.

Bir o`ringa eng ko`p tanlov Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg`ona filialida qayd etildi — 24,8 kishi.

O`tgan yili mamlakatdagi OTMlarga 606 mingdan ortiq abiturient hujjat topshirib, bir o`ringa 10,45 nomzod kurash olib borgan edi.

O`zbekistondagi barcha 58 OTMda (chet el OTMlari hisobga olinmaganda) test sinovlari 1 avgust kuni bo`lib o`tadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!