Zlatan Ibragimovich “MYu”da 9-raqamni Antoni Marsyaldan olib qo`ydi

11:14, 22 iyul

“Manchester Yunayted” jamoasining yangi futbolchilari Zlatan Ibragimovchi, Genrix Mxitaryan va Erik Bayi o`zlariga raqam tanlab oldi.

Shvesiyalik 34 yoshli futbolchi 9-raqam ostida to`p suradigan bo`ldi. Qayd etish kerakki, ushbu raqam 20 yoshli Antoni Marsyalga tegishli edi. Fransiyalik yosh iqtidor 11-raqamni oldi.

Armanistonlik yarim himoyachi Genrix Mxitaryan “22” raqamini taglagan bo`lsa, himoyachi Erik Bayi himoyachilarga mos “3” raqamida to`p suradigan bo`ldi.

Quyida “MYu”ning barcha futbolchilariga tegishi raqamlarni bilib olishingiz mumkin.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!