Sitora Farmonova: “Hech qanday tushkunlik yashash buyuk baxt ekanligini unutishimga majbur qila olmaydi”

15:26, 22 iyul

Kuni kecha “O`zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan lisenziyasi tugatilgan aktrisa Sitora Farmonova “Instagram”dagi sahifasiga so`nggi kunlarda bo`lib o`tgan holatlar yuzasidan o`zining kechinmalariga mos bo`lgan buyuklarning aforizmlarini yozib qoldirdi:

“O`zingni shunday tutginki, senda qandaydir muammo borligini payqashmasin. Bu qanchalik samarali uslub ekanligini tushunib etganingda esa hayron qolasan. O`zingni ham aldashni uddasidan chiqsang, hayotda hamma narsani uddasidan chiqa olasan”.

“Men hayotni sevaman. Hech qanday tushkunlik, azob va baxtsizlik bu yashash buyuk baxt ekanligimni unutishimga majbur qila olmaydi...”, deya keltiradi aktrisa Suqrot va Agata Kristining hayot haqidagi aforizmlarini.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!