Cerfing doskasida uchayotgan qizdan bir necha santimetr narida kit sakradi (video)

15:52, 22 iyul

“Gremmi” mukofoti nomzodi, fleytachi Viviana Guzman Kaliforniyada serfing doskasida uchayotganda, undan atigi bir necha santimetr narida suvdan sakrab chiqqan kit aks etgan videoyozuvni ijtimoiy tarmoqqa joyladi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri.

Viviana Guzman doskani eshkak yordamida boshqarib, atrofdagi manzarani, yonidan uchib o`tayotgan qushlarni videoga olayotganda, to`satdan bir necha santmetr naridan suvdan kit sakrab chiqdi. Qiz suvga qulamaslikka harakat qilib, o`zini ushlab qoldi.

Keyin  Viviana Guzman yonida suzib yurgan kitga fleytada kuy chalib berdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!