Maradona Argentina termasini tekinga boshqarishga tayyor

16:20, 22 iyul

Argentina futboli afsonasi va mamlakat terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Diego Maradona avvalgi vazifasini tekinga bajarishga tayyor ekanini bildirdi, deya xabar bermoqda ESPNFC portali.

“Simeone moliyaviy tomonlama terma jamoada ishlashdan bosh tortdi. Men uchun esa pul muammo emas. Shu sababli terma jamoani tekinga boshqarishga tayyorman. Aksariyat mening xizmatlarimni qimmat deb o`ylaydi. Murabbiylikni juda sog`indim. Futbolchilar bilan ishlash va jurnalistlar bilan janjallarni qo`msayapman,  – dedi Maradona.

Ma`lumot uchun, Diego Maradona 2008–2010 yillar davomida Argentina terma jamoasi boshqarib borgan. 2010 yilgi jahon chempionatida u Argentinani chorak finalgacha olib chiqqandi.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!