“MYu” Mourino qo`li ostida “Borussiya D”ga yirik hisobda engildi

20:54, 22 iyul

Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi Xitoyda bo`lib o`tayotgan Xalqaro chempionlar kubogi–2016 turnirining ilk o`yinida Germaniyaning “Borussiya D” klubiga qarshi bahs olib bordi.

Murosasiz va qiziqarli kechgan o`yinda dortmundliklar 4:1 hisobida zafar quchdi. Joze Mourino “MYu”dagi ikkinchi o`yinidayoq yirik mag`lubiyatni qabul qilib oldi.

Xalqaro chempionlar kubogi–2016

Manchester Yunayted (Angliya) – Borussiya Dortmund (Germaniya) 1:4

Gollar: 0:1 – Kastro (19), 0:2 – Obameyang (36, penalti), 0:3 – Dembele (57), 1:3 – Mxitaryan (59), 1:4 – Kastro (86).

Manchester Yunayted: Jonston (Romero, 46), Blind (Makneyr, 66), Bayi, Shou, Jons (Roxo, 46), Valensiya (Pereyra, 75), Errera, Lingard (Yang, 46), Mata, Mxitaryan (Yanuzay, 66), Depay (Reshford, 46).

Borussiya: Vaydenfeller, Shmelser (Burnich, 63), Sokratis (Bartra, 63), Bender (Merino, 63), Passlak (Larsen, 46), Rode (Shaxin, 63), Kastro, Kagava (Lyaytner, 63), Dembele (Xober, 63), Obameyang (Pulishich, 63), Ramos (Mor, 63).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!