Myunxendagi otishmada 10 kishi halok bo`ldi, 16 kishi yaralandi

11:18, 23 iyul

Myunxen polisiyasi “Olimpiya” savdo markazida ro`y bergan otishmada 16 kishi yaralanganini, ulardan 3 kishi og`ir ahvoldaligini, 13 kishi yangil yaralanganini ma`lum qildi, deb xabar beradi “Vesti.ru” nashri. 

Myunxen shahridagi savdo markazlaridan birida nemis-eron millatiga mansub 18 yoshli yigit o`t ochib, 9 kishini otib o`ldirgan, o`zini ham otib, halok bo`lgan. Uning jasadi otishma bo`lgan joydan bir kilometr naridan topilgan.

Otishma “Makdonalds” restoranida boshlanib, ko`chaning narigi betida joylashgan savdo markazida davom etgan. Jinoyatchining qo`lida to`pponcha bo`lgan. Uning ryukzagida portlovchi modda borligi haqidagi shubha-gumonlar tasdiqlanmagan. Polisiya yigitning terrorchilarga aloqasi bor-yo`qligini, oxirgi paytlarda kimlar bilan aloqada bo`lganligini tekshirmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!