Ronaldu UEFA Superkubogida o`ynay olmasligini ma`lum qildi

20:20, 24 iyul

“Real Madrid” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Sevilya”ga qarshi kechadigan UEFA Superkubogiida ishtirok eta olmaydigan bo`ldi. Bu haqda futbolchining o`zi ma`lum qildi. 

– Men UEFA Superkubogida aniq o`ynay olmayman. Mazkur o`yin 9 avgustda bo`lib o`tadi, men esa 10 avgustgacha xatto mashg`ulotlarda qatnasha olmayman. Shunday ekan, Superkubokda o`ynamasligim aniq, – dedi Ronaldu.

Eslatib o`tamiz, portugaliyalik 31 yoshli futbolchi Evro–2016 finalida jarohat olgandi. Avvalroq Ronaldu UEFA Superkubogiga qadar tiklanishga urinayotgani xabar qilingandi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!