O`zbekiston milliy terma jamoasi Iroqni taslim qildi

21:33, 24 iyul

Bugun, 24 iyul kuni O`zbekiston va Iroq  milliy terma jamoalari o`zaro o`rtoqlik o`yinida maydonga tushdi. Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida o`tkazilgan mazkur bellashuvda 2:1 hisobi qayd etilib, o`zbekistonlik futbolchilar foydasiga hal bo`ldi.

O`yinning 6 daqiqasida vakillarimizdan Marat Bikmaev hisobni ochdi. 30 daqiqaga kelib Eldor Shomurodov hisobni 2:0 ko`rinishiga olib keldi.

O`yin yakuniga etib borayotgan bir pallada iroqliklar hisobni qisqartirishga muvaffaq bo`ldi. Shundan so`ng boshqa gol kiritilmadi.

Qayd etish kerakki, bir necha kun avval O`zbekiston U-23 termasi ham Iroqni 2:1 hisobida taslim qilgandi.

O`rtoqlik uchrashuvi

O`zbekiston – Iroq 2:1

Gollar: Marat Bikmev (6), Eldor Shomurodov (30 )– Abubakr Bayyar (90)

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!