Safari-bog`ida yo`lbars tomonidan o`ldirilgan ayol videoga tushirildi (Video)

10:34, 25 iyul

Xitoyning safari-bog`ida yo`l harakati qoidalarini buzib, mashinadan tushgan ayol yo`lbars tomonidan o`ldirildi. Hodisa Badalin bog`ida sodir bo`ldi. Voqea joyiga etib kelgan bog` xodimlari ayolga yordam bera olishmadi.

Xitoyning CCTV kanali kuzatuv kamerasiga suratga olingan mazkur voqeani efirda namoyish qildi. Kadrda oq avtomobildan tushgan ayol haydovchining oldiga boshqa tomondan kelgani aks etgan. Shu vaqtda unga o`rmon ichidan chiqib kelgan yo`lbars hamla qilgan. Haydovchi ularning ortidan borib, ayolga yordam bermoqchi bo`lgan. 

Bir necha soniya ichida safari-bog`i xodimlarining etib kelishi ham ayolga yordam bera olmadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!