Los-Anjeles aholisini shahar ustida osilib turgan “oxir zamon” quyoshi dahshatga soldi

10:59, 25 iyul

AQShning Los-Anjeles shahri aholisi yakshanba kuni shahar ustida osilib turgan “qonli” quyoshning suratini ijtimoiy tarmoqqa joylash bilan ovora bo`ldi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Quyoshning “qonga botganini” ko`rgan guvohlarning ko`pchiligi bu oxir zamon nishonasi deb dahshatga tushgan. Quyoshning bunday holga kelishiga Los-Anjeles shahri atrofida, Kaliforniyada yuz bergan yong`in sabab bo`lgan. Yong`in yuz bergan joydan pag`a-pag`a bulut ko`tarilmoqda.

So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, yong`in oqibatida 20 ga yaqin uy vayronaga aylangan, 1 kishi halok bo`lgan. Olov 22 ming gektar erni qamrab olgan. Yong`in ro`y bergan joyda aholi Qizil Xoch tashkiloti tomonidan tashkil etilgan maxsus joylarga ko`chirildi.

2016 yilning iyun oyida yong`in AQShning mashhur insonlari istiqomat qiluvchi Los-Anjeles shahri yaqinigacha etib kelgan. Uch mingga yaqin uydan besh ming kishi evakuasiya qilingan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!