Kaliningradda Erning 7 milliardinchi aholisining onasi saratondan vafot etdi

11:06, 25 iyul

Kaliningradda Er sayyorasining 7 milliardinchi aholisining onasi Elena Nikolaeva saratondan vafot etdi, deya xabar beradi RIA Novostiga uning do`stlari.

Elena Nikolaeva — 2011 yilning 31 oktyabr kuni tug`ilgan Petya Nikolaevning onasi. U BMT tomonidan Erning ettimilliardinchi insoni deb tan olingan. Elena va Aleksey uchun bola uchinchi farzand bo`ldi. Petya tug`ilgach Nikolaevlarning oilasini Vladimir Putin shaxsan tabrikladi. Shuningdek Nikolaevlar Kaliningradda alohida uy harid qilish uchun sertifikat ham olishdi.

Shifokorlar o`g`li tug`ilganidan bir necha oy o`tgach Elenada saraton kasalligini aniqlashdi.

Elanani Isroilda davolatish uchun pul yig`ildi, ammo Elena Moskvada davolanishni afzal deb bildi, yig`ilgan pulni esa cherkovga hayriya qildi.

Ma`lumotlarga ko`ra, Elena kasalligi chog`ida ham juda pozitiv kayfiyatda bo`lib, hatto avtomobil haydashni ham o`rgandi, yakshanba kunlari u mehribonlik uylaridagi bolalarni cherkovga olib borardi.

BMTni aholishunoslik jamg`armasi qaroriga ko`ra, ettimilliardinchi aholi sertifikati 2011 yilning 31 oktyabr kuni tug`ilgan birinchi bolaga berilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!