Krishtianu Ronaldu sohibjamol Jennifer Lopesning tug`ilgan kunida mehmon bo`ldi

12:36, 25 iyul

Shu kunlarda Las-Vegasda ta`tilini o`tkazayotgan “Real Madrid” klubi etakchisi Krishtianu Ronaldu taniqli xonanda va aktrisa Jennifer Lopesning tug`ilgan kunida mehmon bo`ldi.

Kecha, 24 iyul sanasida Jey Lo 47 yoshini qarshi oldi. Portugaliyalik futbol yulduzi ham uning ziyofat kechasida qatnashdi. Ronaldu Jennifer Lopes bilan tushgan suratini o`zning “Instagram” ijtimoiy tarmog`iga yukladi va “Tug`ilgan kuning muborak Jey!” deya izoh qoldirdi.

Biroz avval Krishtianu Ronaldu qoidasiz janglar kurashchisi Konor Mangregor bilan uchrashgani haqida xabar qilgandik. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!