Turkiyada e`lon qilingan 3 oylik favqulodda holat mehmonlarga ta`sir ko`rsatmaydi

12:39, 25 iyul

Bu haqda Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi rasmiy axborot berdi.

21 iyul kuni Turkiya konstitusiyasining tegishli moddasiga muvofiq va fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta`minlash uchun yana ham samarali chora-tadbirlar olish maqsadida Turkiyada 3 oy muddat davom etadigan favqulodda holat tartibi joriy etildi, deya xabar beradi Turkiya Respublikasining O`zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati.

Ushbu qaror Turkiya fuqarolarining kundalik hayotidagi huquq va erkinligini chegaralamaydi va havo transportiga, halkaro havo harakatlariga, shu jumladan turizm soxasi va dam olish maqsadida kelgan mehmonlarga hech qanday ta`sir ko`rsatmaydi.

Mehmonlarimizning Turkiya xududida xavfsiz dam olishi uchun hech kanday to`sik va cheklovlar mavjud emas.

Turkiyada so`nggi ko`ngilsiz voqealar sodir bo`lganligi tufayli, mamlakatning aeroportlari ma`lum bir muddatga yopilgan edi, ammo lekin imkon qadar juda ham qisqa vaqt ichida Turkiyaning havo yo`llari ochildi va barcha aeroportlar odatdagidek samolyot va yo`lovchilarga xizmat ko`rsatish ishlarini boshladi.

Bundan tashqari, Antaliya, Mug`la va Izmir kabi dam olish hududlarida, fuqarolarimiz hamda xorijiy mehmonlarga bu voqea o`z ta`sirini ko`rsatmadi va hech kim ko`ngilsiz vaziyatga duch kelmadi. 

Talab etilgan hizmat darajasini ta`minlab kelgan infratuzilma, dam olish markazlari va mehmonxonalarning faoliyati davom etmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!