“Manchester Siti” – “MYu” o`yini noma`lum muddatga qoldirildi

13:32, 25 iyul

Dunyoning bir qator davlatlarida International Champions Cup norasmiy futbol musobaqasi davom etmoqda.

Bugun, 25 iyul kuni Xitoy poytaxti Pekin shahrida Angliyaning ikki Manchester klubi — “Manchester Siti” hamda “Manchester Yunayted” o`zaro kurash olib borishi rejalashtirilgandi.

Biroq Pekindagi noqulay ob-havo tufayli o`yin noma`lum muddatga qoldirildi. Bu haqda mankunianlarning rasmiy "Tvitteri" orqali ma`lum qilindi.

Uchrashuvning qachon o`tkazilishi borasida keyinroq ma`lumot beriladi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!