Asilbek Amanulloh qo`shiqlari omadli chiqmayotgani sababini aytdi

15:16, 25 iyul

Bu xonanadaning san`atda tanlagan yo`li boshqalardan ajralib turadi. Ijodini avvaliga Asilbek Negmatov ismi bilan boshlab, hozirda Asilbek Amanulloh taxallusi bilan davom ettirayotgan bu ijodkor so`nggi paytlarda san`at olamida ko`rinmay qolgani ham bor gap. Bugungi uchrashuvda xonanda ijodiy tanaffus sabablariga to`xtalish bilan birga, nega o`z vaqtida mashhurlikni ushlab qololmagani hamda tanqidlarga munosabati haqida ham gapirdi...

Co`nggi paytlardagi qo`shiqlaringiz omadli chiqmayotganini tan olasiz?

— Ijodimdagi eng xit qo`shiqlarni hali mashhur bo`lmay turib yaratganman. U paytlar hech narsaga chalg`imay, faqat ijod haqida o`ylardim. Mashhur bo`lganingizdan keyin istaysizmi yo`qmi, xayolingizni buzuvchi, e`tiboringizni chalg`ituvchi odamlar, narsalar ko`payar ekan. Odam hatto o`ziga o`zi tegishli bo`lmay qolarkan... 

— Havolanib ketadi, demoqchimisiz?

— Balki. Inkor qilolmayman. Mashhurlik odamni baribir o`zgartiradi. Lekin shunday bo`lsada, samimiyligim, oddiyligim va ochiqko`ngilligimni yo`qotmaganman, deb hisbolayman…

Xonanda bilan bo`lgan ochiq suxbatni «Darakchi» gazetasining 28 iyul kuni sotuvga chiqadigan 30-sonida o`qishingiz mumkin. Suxbat sizni befarq qoldirmaydi. O`TKAZIB YuBORMANG!

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!