Iroqda hudkush tomonidan avtomobil portlatib yuborilishi oqibatida 21 kishi halok bo`ldi

16:34, 25 iyul

Iroqning Xolis shahriga kirib kelaverishda hudkush boshqariayotgan avtomobil portlatib yuborilishi oqibatida 21 kishi halok bo`ldi, ular orasida — ayollar va bolalar bor, 32 kishi jabrlandi. 

Mahalliy OAVlarning ma`lumotlariga ko`ra, ayrim yaralanganlarning ahvoli juda og`ir. Qurbonlar soni ortishi mumkin.

Xolis shahri Bog`doddan 50 km uzoqlikda joylashgan. Terakt uchun hech qaysi tashkilot javobgarlikni hozircha bo`yniga olgani yo`q.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!