“Yangi ovozlar” teletanlovining saralash bosqichi bo`lib o`tdi

16:49, 25 iyul

Yoshlar ijod saroyida O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “O`zbekkino” milliy agentligi, “O`zbeknavo” estrada birlashmasi, “Yoshlar madaniyat va san`at markazi” davlat unitar korxonasi hamkorligida tashkil etilgan “Yangi ovozlar” teletanlovining dastlabki saralash bosqichi bo`lib o`tdi. 

O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan bir qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda o`tkazilayotgan «Yangi ovozlar» teletanlovi yoshlarning xonandalik yo`nalishidagi iste`dodini yuzaga chiqarish, ularning mahoratini oshirish, milliy va jahon xonandalik san`atining eng yaxshi an`analarini targ`ib etish kabi maqsadlarni ko`zlaydi.

Teletanlovda ishtirok etish istagini bildirgan yoshlar 400 nafardan ortiq bo`lib, ilk bosqichda 18 yoshdan 30 yoshgacha bo`lgan havaskor va professional xonandalar qatnashdi, deya xabar beradi O`zA. 

Ko`p bosqichli ushbu ijodiy loyiha davomida har bir ishtirokchining ijodiy mahorati sinovdan o`tkaziladi. 

Saralash bosqichida g`olib bo`lganlar tanlovning keyingi bosqichlarida ishtirok etadi. G`oliblar Vatanimiz mustaqilligining 25 yillik bayrami arafasida e`lon qilinadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!