Messining sartaroshi u soqol qo`yib yanada jasur bo`lganini aytdi

12:11, 26 iyul

Kataloniyaning “Barselona” jamoasi hujumchisi Lionel Messining argentinalik sartaroshi Ariel Bermudes mijozining yangi imiji haqida o`z fikrini bildirib, u soqol qo`ygach yanada jasur bo`lganini aytdi.  

– Messi soqol qo`yishga o`zi qaror qildi. Uni soqol bilan avval ham ko`rganman va bu enga ma`qul bo`lgan. Soqol Messini yanada jasur qilib ko`rsatadi. Leo soqoli bilan yosh bolaga emas, ko`proq erkakka o`xshashni boshladi. Vaqt o`tgani sari, Messi shaxs sifatida o`zgarib bormoqda. U dadil qarorlarni ko`proq qabul qilishni boshladi. Messiga mallasochli yigitning rasmini ko`rsatganimda, unga ma`qul bo`ldi, – deydi Ariel Bermudes.

Eslatib o`tamiz, Messi Amerika Kubogi—2016 turniri oldidan soqol o`stirdi, bir necha kun avval esa mallasochga aylangan edi

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!