Qozonlik yigitning turmush qurish taklifi uchun 100 ta avtomobil kerak bo`ldi (VIDEO)

14:31, 26 iyul

Qozonlik yigitning turmush qurish taklifi uchun 100 ta avtomashina kerak bo`ldi. Ular yordamida yigit “Menga turmushga chiq”, deb yozib, sevgilisining qo`lini so`radi.

Qozonlik Ilya Kislyakov sevgan qiziga original tarzda turmushga chiqishni taklif qildi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri.

Yigit 24 iyul kuni avtoturargohdagi 100 ta avtomashina yordamida “Menga turmushga chiq”, deb yozib, sevgan qiziga turmush qurish taklifini qilgan. Ilya Kislyakovning ma`lumot berishicha, u bir yarim oy mobaynida do`stlarining, tanishlarining avtomashinalarini yiqqan.

Qiz uning taklifiga rozi bo`lgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!