“Barselona” o`tgan mavsumda 679 mln evro daromad qilib, rekord o`rnatdi

16:42, 26 iyul

Ispaniyaning “Barselona” klubi 2015/16 yilgi mavsum uchun moliyaviy hisobotni taqdim qildi. Unga ko`ra, kataloniyaliklar rekord qiymatda – 679 million evro daromad ko`rdi.

Soliqlar to`lab bo`lingach, sof foyda 29 million evroni tashkil etdi. Rejaga ko`ra, 2021 yilga kelib “Barselona”ning yillik daromadi 1 milliard evroni tashkil qiladi.

Ta`kidlash joiz, klubning direktorlar kengashi Qatar Airways kompaniyasi bilan shartnomani yana bir yilga uzaytirish taklifini ma`qulladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!