Rasman. Gonsalo Iguain 90 mln evro evaziga “Yuventus” a`zosiga aylandi

08:38, 27 iyul

Italiyaning amaldagi chempioni – “Yuventus” klubi “Napoli” hujumchisi Gonsalo Iguainni sotib olganini rasman ma`lum qildi.

Argentinalik futbolchi 90 million evro evaziga sotib olingani xabar qilinmoqda. Iguain “Yuventus” bilan besh yillik shartnoma imzoladi.

Ma`lumot uchun, 28 yoshli hujumchi 2013 yilda “Real”dan “Napoli”ga o`tgan edi. O`tgan mavsumda Gonsalo Italiya chempionatining eng yaxshi to`purari bo`lgandi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!