Eron polisiyasi birgalikda bayram nishonlagan 150 nafar yigit va qizni qo`lga oldi

10:12, 27 iyul

Eronning Tehron shahar polisiyasi 150 yaqin yigit va qizning birgalikda bayram nishonlaganliklari uchun qo`lga oldi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Eron polisiyasi “bosij” nomli ko`ngillilar qo`shini bilan hamkorlikda turli jins vakillari — yigit va qizlarning bir joyga to`planmasligini nazorat qiladi. Mamlakatda 16 may kuni Instagram sahifalariga nomaqbul rasm joylagan 8 nafar bloger qamoqqa olingan bo`lsa, undan 4 kun ilgari deputat ayol hijobsiz suratga tushgani uchun amal kursisidan ayrilgan. 

“Islomshar yaqinidagi bog`lardan birida yigit va qizlarning to`planib, bayram uyushtirayotganligi haqidagi xabardan so`ng polisiya va yana bir tashkilot bilan hamkorlikda ularni qo`lga olish uchun maxsus operasiya o`tkazildi. Bayram o`tkazilayotgan joy yaqinida noqonuniy musiqa yozish studiyasi joylashgan ekan. Yoshlar esa tug`ilgan kunni nishonlayotganliklarini aytib, o`zlarini oqlashdi. Iron davlati huquq-tartibot idoralari axloqiy me`yor talablariga rioya qilmagan fuqarolarni qattiq jazolaydi”,– deb ma`lumot berdi polkovnik Muhsin Xoncherli.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!