Ozodbek Nazarbekovdan bir yo`la 6 yangilik

10:19, 27 iyul

O`zbekiston va Qoraqalpog`iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning muxlislarini yaqin kunda ajoyib yangilik kutmoqda.

Xonanda bir emas, bir yo`la oltita qo`shiq premerasini hozirlab qo`ydi. Bu “Buyuklar bisotidan” turkumidagi yangi al`bomdan joy olgan, Mavlono Lutfiy g`azallariga kuylangan taronalardir.

Qo`shiqlar yurtimiz radiokanallari orqali taqdim etiladi, shuningdek mazkur yangi taronalarni tez kunda xonandaning rasmiy sayti orqali ham tinglashingiz mumkin bo`ladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!