Poytaxtning ayrim ko`chalarida 1 avgust kuni transport harakati cheklanadi

10:25, 27 iyul

Toshkent shahar hokimligi,  Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi  2016 yilning  1 avgust kuni poytaxtning ayrim ko`chalarida barcha turdagi transport vositalari  harakati cheklanishini ma`lum qiladi.

Mazkur cheklov poytaxtimizdagi oliy o`quv yurtlariga kirish uchun test sinovlari o`tkazilishi munosabati bilan soat 06.00 dan to test sinovlari tadbiri tugaguniga qadar davom etadi:

Olmazor tumanida:

- Universitet ko`chasi bo`ylab Forobiy ko`chasidan Talabalar ko`chasiga qadar;

- Shifokor 1-tor ko`chasi bo`ylab Shifokor ko`chasidan TXAYga qadar;

Mirzo Ulug`bek tumanida:

- Qori Niyoziy ko`chasi bo`ylab Niyozbek yo`li ko`chasidan Osiyo ko`chasiga qadar;

Shayxontohur tumanida:

- Paxtakor ko`chasi bo`ylab;

Uchtepa tumanida:

- Reshetov ko`chasi bo`ylab Uyg`ur ko`chasidan B. Nosirov ko`chasiga qadar;

Yakkasaroy tumanida:

- Shohjahon ko`chasi bo`ylab Askiya ko`chasidan Imom-at-Termiziy ko`chasiga qadar;

- Bratislava ko`chasi bo`ylab Shota Rustaveli ko`chasidan Yusuf Xos Hojib ko`chasiga qadar;

- Yusuf Xos Hojib ko`chasi bo`ylab Bratislava ko`chasidan Bog`tepa ko`chasiga qadar;

Mirobod tumanida:

-Shahrisabz ko`chasining Taras Shevchenko ko`chasidan Amir Temur shox ko`chasiga qadar.

Shuni ta`kidlash lozimki, test sinovlari bo`lib o`tadigan boshqa joylarda ham vaziyat taqozo etganda, transport harakati vaqtincha cheklanishi mumkin.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!